Hamkorlikda tashkil etilishi rejalashtirilgan madaniy tadbirlar yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-02-23 17:35:00 / Yangiliklar

Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonda bo‘ldi
Tashrif doirasida ikki tomonlama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Tojikiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nazariyon boshchiligidagi Tojikiston delegatsiyasi qatnashdi.
Yig‘ilishda yil davomida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan madaniy tadbirlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkillashtirish yuzasidan ikki tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlarida amalga oshiriladigan loyihalarga tayyorgarlikning borishi va munosabatlarning rivojlantirilishi yuzasidan fikr almashildi.