Vazirlikda Qozog‘istonning “Alash Media Group” xoldingi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-02-22 14:00:00 / Yangiliklar

Vazir maslahatchisi Shohrux Akbarov hamda Qozog‘istonning “Alash Media Group” xoldingi rahbari Z.Kazibayeva o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Uchrashuv davomida, “Alash Media Group” xoldingi vakillari o‘z faoliyati haqida ma’lumot berib, butun dunyo miqyosida madaniyat va san’at, hunarmandchilik yo‘nalishlarida tanlovlar o‘tkazishi haqida ta’kidlashdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasida o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlarda hamkorlik qilish takliflari muhokama etildi.