Onlayn muloqot davomida murojaat qilgan fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi
2025-02-22 10:30:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov fuqarolar bilan onlayn qabulni yo‘lga qo‘yib, murojaatlarni qabul qilmoqda.
2024-yilning 23-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan onlayn muloqotda, fuqaro Toliboyeva Zilola R.Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabida tahsil olayotgan farzandi Ulug‘bekmirzo Raubxonovning musiqiy asbobi tanlov vaqtida ayrim sabablarga ko‘ra, shikast yetganligi va yaroqsiz holga kelganligi, ushbu musiqiy asbobni topishda qiynalayotganligini bayon etgan edi.
Shunda vazir Ozodbek Nazarbekov musiqiy asbobni o‘zi sovg‘a qilishini ma’lum qilgan edi.
Kuni kecha fuqaroga ushbu musiqiy asbob madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov nomidan vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov o‘z egalariga taqdim qildi.