Nomoddiy madaniy merosni har tomonlama muhofaza qilish, keng jamoatchilikni jalb etgan holda uning namunalarini aniqlash, ro‘yxatlarga kiritish, raqamlashtirish, targ‘ib qilish va saqlash bo‘yicha respublika seminari o‘tkazildi
2025-02-17 16:00:00 / Yangiliklar

Madaniy faoliyat, nomoddiy madaniy meros va xalq ijodiyotini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining tashabbusi bilan Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi bilan o‘tkazilgan mazkur seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalarining Madaniy faoliyatni rivojlantirish va xalq ijodiyoti bo‘limlari xodimlari hamda Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot institutining mutaxassislari ishtirok etishdi.
Mazkur amaliy trening va seminar nomoddiy madaniy merosi mahalliy va milliy ro‘yxatini yuritish va doimiy yangilab borish. Bunda ilg‘or tajribalar, mahalliy va yo‘qolish xavfi ostidagi elementlarini o‘z ichiga olgan ro‘yxatlarni raqamlashtirish, targ‘ib qilish va saqlash, madaniyat markazlarida faoliyat olib borayotgan ijodiy xodimlarning malakaviy ko‘nikmasini oshirish hamda sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etgan holda faoliyat olib borishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.
Seminar davomida qatnashchilar o‘zlikni namoyon etishning og‘zaki an’analari va shakllari, tabiat va koinotga oid bilim va urf-odatlar, jamiyatning urf-odat, marosim va bayramlari, ijrochilik san’ati va an’anaviy hunarmandchilik bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar bilan tanishdilar.