Bayram tadbirlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada nishonlash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025-02-17 10:30:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda Navro‘z umumxalq bayramiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada nishonlash maqsadida har ikkala bayram tadbiri yuzasidan ZOOM platformasi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari, Tashkiliy-ijodiy guruh, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi hamda ularning hududiy bo‘limlari, va Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar madaniyat boshqarmalari boshliqlari ishtirok etishdi.
Tadbirlarni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash maqsadida yangi musiqiy asarlar va qo‘shiqlar yaratish, yangi iste’dodlarni kashf etish, folklor jamoalarining faol ishtirokini ta’minlash yuzasidan zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.