Asosiy kontentga o'tish

Tarmoq markazida hamkorlik memorandumi imzolandi

2025-02-12 16:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi  Mudofaa vazirligi toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi va О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandum imzolandi.

 

Memorandum doirasida Mudofaa vazirligi toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi Harbiy qism komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarini  qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga jalb etish ko‘zlangan.

 

Tarmoq markazida  harbiy xizmatchilarni Mamlakatimizda Ma’naviyat va madaniyat sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirish, Milliy madaniyat, ma’naviyat va urf odatlarimizni yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyati, Ommaviy madaniyat tushunchalari, ularni milliy manfaatlarimizga salbiy ta’siri to‘g‘risidagi bilim va dunyoqarashini oshirishdan iborat.

 

98

Oxirgi yangilanish: 2025-02-12 16:06:22

Tarmoq markazida hamkorlik memorandumi imzolandi