Vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” hamda “Navro‘z” umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
2025-02-04 15:30:00 / Yangiliklar

Kuni kecha vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” hamda “Navro‘z” umumxalq bayramiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada nishonlash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilishda vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘lim rahbarlari, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xodimlari hamda rassomlar, baletmeysterlar ishtirok etishdi.
Tadbirlarni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlash maqsadida konsert dasturlari uchun yangi musiqiy asarlar va qo‘shiqlar yaratish, yangi iste’dodlarni kashf etish yuzasidan zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.