Tojikistonda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston madaniyat vazirligi rahbariyati vakillarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-02-02 11:00:00 / Yangiliklar
![Tojikistonda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston madaniyat vazirligi rahbariyati vakillarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F3a5f39e0-e701-506d-4fff-933cdc95cdc9_lists_slider_.jpeg&w=3840&q=75)
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, Tojikiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nazariyon, Qirg‘iziston madaniyat, axborot, yoshlar siyosati va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Temurlan Ajimaliyevlar boshchiligida uch davlat delegatsiya vakillari ishtirok etishdi.
Uch tomonlama uchrashuvda qo‘shni davlatlar bilan barcha sohalar qatori madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar, hamkorlikning istiqbolli rejalari, joriy yilning mart oyida Xo‘jand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan madaniy tadbirni tashkil etish masalalari muhokama etildi.