Vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida xizmat safarida bo‘ldi
2025-01-26 14:30:00 / Yangiliklar

Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida xizmat safarida bo‘ldi.
Xizmat safari davomida sohada olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi hamda “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” hamda Navro‘z – umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkor-yoshlarni saralash, ular uchun ijodiy muhit yaratish, yangi iste’dodlarni kashf etish maqsadida, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, Maqom ansambli, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax va Sirdaryoviloyat bo‘linmalarining viloyatdagi yosh iqtidorlari va folklor jamoalarining bayramga mos bo‘lgan dasturlari bilan yaqindan tanishilib, bo‘linma xonanda va sozandalari tomonidan yaratilgan yangi asarlar tinglandi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyat musiqali drama teatri qoshidagi “Teatr yoshlari” klub a’zolari, Sirdaryo tumani “Bodom gullari” jamoasi, “Sayhun yigitlari” folkor jamoasi va Guliston tuman “Dehqon bolalari” jamoalari tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidanfikr-mulohazalarini bildirdi.