Vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Namanganda bo‘ldi
2025-01-25 17:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Namangan viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.
Barchamizga ma’lumki har yili “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” hamda Navro‘z – umumxalq bayrami yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanadi.
Bahodir Ahmedov xizmat safari davomidagi ushbu bayramlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda madaniyat va san’at sohasida faoliyat yuritayotgan ijodkor-yoshlarni saralash, ular uchun ijodiy muhit yaratish, yangi iste’dodlarni kashf etish maqsadida “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, Maqom ansambli, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyat bo‘limlarining yosh iqtidorlari va folklor jamoalarining bayramga mos bo‘lgan dasturlari bilan yaqindan tanishdi.