Xalqaro festivallarda faol ishtirok etgan bir guruh raqs jamoalarining vakillari “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
2025-01-16 19:00:00 / Yangiliklar
Ayni kunlarda Madaniyat vazirligi tizimidagi tashkilotlar o‘z faoliyatlarini o‘tgan 2024-yil uchun sarhisob qilib, 2025-yil uchun rejalar tuzishmoqda hamda 2024-yil davomida samarali mehnat qilganlar taqdirlanmoqda.
Kuni kecha 2024-yil davomida davlat va ommaviy tadbirlarda hamda Xalqaro festivallarda faol ishtirok etgan bir guruh raqs jamoalarining raqqos va raqqosalari Madaniyat vazirligi tomonidan ta’sis etilgan “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ko‘krak nishonlarini vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov o‘z egalariga tantanali topshirdi va doimo fidoyi va faol tarzda ishtirok etgan jamoalarga minnatdorchilik bildirildi.
Mazkur taqdirlash marosimida Bahodir Ahmedov yosh ijodkorlarning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tiladi. Taqdirlash marosimi yosh ijodkorlar uchun chin ma’nodagi ruhlantirish vazifasini o‘tadi.