Buxoroda vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2024-12-18 16:00:00 / Yangiliklar
![Buxoroda vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2Fc9a2dc64-1141-10ff-b7e7-5bca4927c45c_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Kuni kecha vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida viloyatning Kogon tumanidagi 2-6-son bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati Qorovulbozor tumanidagi 18-son bolalar musiqa va san’at maktablari, ushbu hududlardagi madaniyat markazlarida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlar davomida “Yashil makon”umummilliy harakati doirasida daraxt ko‘chatlarini o‘tqazildi. Shuningdek, binoning holati, moddiy-texnika bazasi, markazlarda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati bilan tanishdi.
Mutasaddilar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda maktablar binolarining holati, tozalik va obodonlashtirish ishlarining olib borilganligi hamda o‘quv-ma’rifiy ishlar bilan bir qatorda ayrim to‘garaklar faoliyatida uchrayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchilarga dars berish jarayonini alohida nazoratga olish, yosh avlodni musiqa va san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda bu orqali o‘quvchilar qamrovini oshirish, ularning ma’naviy olamini boyitish, madaniy saviyasini yuksaltirish, ta’limning noan’anaviy usullarini, shuningdek, yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish vazifalari topshirildi.
Kunning ikkinchi yarmida Buxoro davlat universiteti tadbirlar zalida viloyatda madaniyat va san’at yo‘nalishida tahsil olib, sohada ijod qilib kelayotgan iqtidori yoshlar bilan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda viloyatning ixtisoslashtirilgan maqom maktab internati bitiruvchi sinf o‘quvchilari, shu bilan birga madaniyat boshqarmasi tizim tashkilotida faoliyat yuritib kelayotgan iqtidorli yoshlar ishtirok etdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Buxoro viloyati bo‘linmalarining 2024-yildagi faoliyati yuzasidan hisobot konserti namoyish etilib, soha rahbarlari ishtirokida sarhisob qilindi.
Suhbat davomida Maqom yo‘nalishida ijod qilayotgan ustoz san’atkorlar tomonidan bildirilgan mulohaza va takliflar tinglandi hamda ularning faoliyati ijobiy baholanib, vazirlik nomidan minnatdorchilik bildirildi.