Vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Xorazmda bo‘ldi
2024-12-16 18:00:00 / Yangiliklar
Kuni kecha vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Xorazmda bo‘lib, xizmat safari davomida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo‘linmasining yangidan qurib foydalanishga topshirilgan binosiga tashrif buyurib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
So'ng, Xorazm viloyatida madaniyat va san’at sohasida ijod qilayotgan ijodkor yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida viloyatdagi ijodkor yoshlarni iqtidorini to‘laqonli namoyon etishlari hamda kelgusida yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan muhim ishlar to‘g‘risida tanqidiy ruhda suhbat olib borildi.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Xorazm viloyati bo‘linmalarining hisobot konsert dasturlari namoyish qilindi.
Xizmat safari yakunida viloyatdagi ijodkor yoshlar hamda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi jamoasiga erishilgan yutuqlar, shuningdek, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tahliliy va tanqidiy yig‘ilish o‘tkazilib, tegishli rahbar hamda xodimlarga ko‘rsatmalar berilib, o‘z ishiga sovuqqonlik bilan yondashgan mas’ullar ogohlantirildi.