Prezident qarorlarining mazmun va mohiyati yuzasidan teatr xodimlariga tushuntirish berildi
2024-12-14 18:00:00 / Yangiliklar

#Qaror_va_ijro
Kuni kecha Madaniyat vazirligining Teatr va sirk san’atini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Eshdavlatov hamda vazirlikning Teatr va sirk san’atini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari Javohir Hojiyev, Farhod Elmurodovlar respublikaning Xorazm, Samarqand, Navoiy, Farg'ona viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi teatrida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ-399 sonli va PQ-400 sonli qarorlari haqida tushuntirish berishdi.
Ushbu qarorlar teatrlarning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish, teatr xodimlarining ijtimoiy va moddiy holatini yaxshilash, teatrlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni ko‘zda tutilganligi, ayniqsa, teatrlarning jamiyatdagi madaniy hayotiga ta’sirini kuchaytirish, ijodkorlarning mehnatini qadrlash va ularga zamonaviy sharoitlar yaratish ta’kidlanganligi tushuntirib o‘tishdi.
Shuningdek, 2025-yilda teatrlar ijtimoiy ahamiyatini oshirish va xalqni madaniy jarayonlarga jalb qilish borasida olib boriladigan ishlar haqida ham alohida to‘xtaldi.