Vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Surxondaryoda bo‘ldi
2024-12-14 11:00:00 / Yangiliklar
![Vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Surxondaryoda bo‘ldi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F293ea8c5-eca1-c90c-4aab-c2d43e7b9df1_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
Kuni kecha madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida bo‘ldi.
Vazir o‘rinbosari xizmat safari davomida viloyatning Qiziriq va Sherobod tumanlaridagi madaniyat markazlari, xalq havaskorlik badiiy jamoalari hamda bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini o‘rgandi, shuningdek, tashkilotlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi.
Hududlarga tashrif davomida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida markaz hududida mas’ullar ishtirokida manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.