#Xalqaro_hamkorlik.
2024-12-04 13:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 4-dekabr kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti prorektori Fomin Gleb o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Toshkent shahrida S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti direktori Iqbol Meliqo‘ziyev ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida Toshkent shahrida S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutini Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazish hamda 2025-yil davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib olindi.