#Premyera
2024-11-27 12:30:00 / Yangiliklar
Ertaga, 28-noyabr kuni soat 14:00da O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida “O‘zbekiston kino san’ati ustalari” turkumidagi qator hujjatli filmlarning premyerasi boʻlib oʻtadi. Unda, “Yo‘ldosh A'zamov”, “Shukur Burxonov” hamda “Razzoq Hamroyev”larning hayoti va ijodi haqida hikoya qilinadi.
Barcha yurtdoshlarimizni ushbu namoyishga taklif etamiz.
Kirish bepul.
Manzil: O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyi (Panorama) Navoiy ko‘chasi,15-uy