Vazir o‘rinbosari Yusufjon Usmonov Toshkent viloyatidagi madaniyat muassasalari faoliyatini o‘rgandi
2024-11-25 16:00:00 / Yangiliklar
Kuni kecha madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Toshkent viloyatida bo‘ldi.
Xizmat safari davomida viloyatdagi bir qator madaniyat muassasalari faoliyati o‘rganildi, jumladan, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 50-son madaniyat markazi, 25-son bolalar musiqa va san’at maktabi, Yangiyo‘l tumanidagi markaziy madaniyat markazi filiali, Qibray tumanidagi markaziy madaniyat markazi hamda Parkent tumanidagi 35-son “So‘qoq” madaniyat markazi faoliyati bilan yaqindan tanishilib, muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini, qayta tiklanuvchi energiya manbalari - quyosh panellarini o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.
Shu bilan birga Oqqo‘rg‘on tumanidagi 50-son, Yangiyo‘l tumanidagi madaniyat markazi filialini DXSh asosida samarali tashkil etish bo‘yicha tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan bildirilgan takliflar bilan tanishildi.
Shuningdek, Oqqo‘rg‘on tumanidagi 25-son bolalar musiqa va san’at maktabida tashkil etilishi rejalashtirilgan Respublika seminariga tayyorgarlik holati va o‘quv jarayonlari ko‘zdan kechirdi.