Farg'onada madaniyat sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha yig'ilish tashkil etildi
2024-11-15 10:50:00 / Yangiliklar
Kuni kecha Farg'ona shahar Ixtisoslashtirilgan san'at maktabida "Madaniyat sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish" mavzusida yig'ilish tashkil etildi.
Mazkur yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati mas'ul xodimi Komiljon Rahimov, Farg'ona viloyati prokuraturasining mas'ul hodimi Andalibjon Latipov hamda boshqarma boshlig’ining o'rinbosarlari Eminjon O'rinov va G'ofurjon Ergashevlar o'z maruzalari bilan ishtirok etdilar.
Yig'ilish davomida ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar ta’kidlandi. Xususan, tizim xodimlari tomonidan aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga yo'naltirilgan tizimli choralar ko'rilayotgani haqida va kuz-qish masumiga tayyorgarlik yuzasidan nutq so‘zlandi.
Oxirgi yillarda Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan mamlakatimizni yanada rivojlantirish, xalq farovonligini ta’minlash va inson qadrini oshirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev o'z ma’ruzalarida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo'l qo'ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to'g'risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo'yicha qat’iy choralar ko'rishimiz zarur” ekanligi haqidagi fikrlari tadbir davomida qayta tilga olindi.
Madaniyat vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan bir qancha chora-tadbirlar va amaliy ishlar haqida tadbir qatnashchilariga ma’lumotlar berildi. Shuningdek, 2024-yil davomida bir qator dasturlar ishlab chiqilgani haqida quyi tizim mas’ullari xabardor qilindi.
Ma'ruzachi Komiljon Rahimov tomonidan 2021-yil 6-iyulda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6257-son farmoni hamda PQ-5177-son qarorining mazmun mohiyati haqida yig'ilish ishtirochilarga batafsil ma'lumotlar berdi.