Poytaxtda “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida “О‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” fotokо‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
2024-11-13 10:55:00 / Yangiliklar
Xabaringiz bor, ayni kunlarda yurtimizda “Bag‘rikenglik haftaligi” dasturi doirasida 12-noyabr kuni Toshkent fotosuratlar uyida “О‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” nomli fotokо‘rgazma tashkil etildi. Unda О‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dо‘stlik aloqalari qо‘mitasi, Din ishlari bо‘yicha qо‘mita, О‘zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi, Toshkent fotosuratlar uyi hamda dо‘stlik jamiyatlari rahbarlari va faollari, OAV vakillari ishtirok etishdi.
Kо‘rgazmani tashkillashtirishdan maqsad yurtimizda diniy erkinlik va millatlararo munosabatlarning barqarorligini keng jamoatchilikka yana bir bor namoyish etish va shu qadriyatlarni saqlab rivojlantirish.
Kо‘rgazmaning tatanali ochilish marosimida О‘zbekistong badiiy akademiyasi raisi maslahatchisi Qahramon Qо‘ldoshev yig‘ilganlarni bag‘rikenglik haftaligi bilan samimiy tabriklab yurtimizda millatlararo totuvlik va hamjihatlik, diniy bag‘rikenglik masalalari davlatimiz siyosatining eng muhim, ustuvor yо‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab, kо‘rgazmaga qо‘yilgan fotoasarlar tomoshabinlarga yurtimizdagi millatlararo va dinlararo dо‘stlik rishtalari haqida sо‘z yuritadi dedi.
Qо‘mita raisi о‘rinbosari Azamat Toshev yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy qutlab bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek ahil va inoq yashamoqda. 16 mazhabdagi diniy tashkilotlar о‘z faoliyatini erkin amalga oshiqmoqdalar. Ular umumiy uyimiz – О‘zbekiston ravnaqi yо‘lida birlashib, barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilmoqda, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qо‘shmoqda. О‘zbekistonning xalqaro maydondagi obrо‘-e’tibori yuksalishi, mamlakatdagi tinchlik va totuvlik yanada keng quloch yozishi uchun turli millatga mansub yurtdoshlarimiz ham samarali mehnat qilmoqda va bu tinchligimiz hamda bag‘rikengligimiz kо‘rgazmamizda aks ettirilgan dedi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi mas’ul xodimi Zulxaydar Sultonov tomoshabinlar diqqatiga havola etilayotgan fotasarlarda yurtimizda hukm surayotgan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik aks ettirilganini ta’kidlab, mazkur tadbir jamiyatimizdagi turli millat va elatlar, diniy konfessiya vakillari hamda ko‘pmillatli xalqimiz tinchligi hamda osoyishtaligini saqlab rivojlantirishga, O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab o‘tdi.
Kо‘rgazmaga qо‘yilgan 60 ga yaqin fotasarlar yurtimizdagi millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik haqida sо‘zlaydi.
“О‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” nomli fotokо‘rgazma 14-noyabrga qadar davom etadi.