Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida “Ohanglar sehri” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi
2024-11-06 16:55:00 / Yangiliklar
Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutida “Ohanglar sehri” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirning ahamiyati shundaki, 18 ta davlatdan tashrif buyurgan 100 ga yaqin Aviakompaniya vakillarinining O‘zbek milliy musiqa san’atidagi kuy navolar- u ohanglar sadosi ostida o‘tkazilgan tadbir guvohi bo‘lishdi.
Oqshomda start olgan madaniy kecha xorijlik mehmonlarni lol qoldirdi, negaki biz mazkur tadbir orqali ularga institutimizning ijodiy jamoasi va qolaversa O‘zbek milliy musiqasining eng oldi qatordagi kuy qo‘shiqlarini jumladan, Qashqadaryo - Surxondaryo baxshichiligi , Katta ashula va O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva tomonidan namoyish qilingan diltortar ijrolar ayniqsa barchani ko‘nglini xushnud etdi. Bu kabi tadbirlar nega muhim deydigan bo‘lsak, mazkur tadbirlar bugun O‘zbekistonni nafaqat mamlakatimizda mahalliy mehmonlar uchun balki xorijlik delegatsiya vakillarini ham birmuncha qiziqtirishni o‘ziga maqsad qilgan va bu maqsad yo‘lida O‘zMMSI katta qadam tashladi.
Shunday ekan xorijlik mehmonlar ham O‘zbekistonning boy madaniy merosini, qolaversa musiqa va san’at ohanglaridan bo‘lishar ekan, har bir mamlakatning o‘z musiqasi san’ati bo‘lishi va ushbu mamlakatning jozibadorligini ko‘rsatib turishini ta’kidladilar.
Tadbir yuqori ruhda va konstruktiv muloqot tarzda o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari kechadan bahramand bo‘ldilar.