Yangi Qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi
2024-11-06 16:15:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirligida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 3-oktyabrdagi “Kreativ iqtisodiyot to'g'risida"gi O‘RQ-970-son qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda, madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov, vazirlik markaziy apparatining tegishli boshqarma boshliqlari hamda teatr rahbarlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda soha vakillari fikr mulohazalari va takliflari tinglanib, ularni 2030-yilgacha kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi va davlat dasturiga kiritish bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralar vakillari bilan qizg‘in muhokama qilindi.
Shu bilan birga, uchrashuvda kreativ industriyalar parki faoliyatini samarali tashkil etish, kreativ iqtisodiyotni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari va kreativ iqtisodiyot sohasidagi ta’limni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikrlar bildirilib, ushbu yo‘nalishlarning teatr sohasidagi ahamiyati tushuntirib berildi.