O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlik rivojlanmoqda
2024-10-25 19:50:00 / Yangiliklar
Bugun, 25-oktyabr kuni madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya federatsiyasi federal yig‘ilishi federal kengashi raisi o‘rinbosari Ilyas Umaxanov o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi madaniy hamkorlik masalalariga to‘xtaldi.
Xususan, uchrashuv davomida mintaqalar o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek Rossiya tomoni 2025-yilda O‘zbekistonda Rostov viloyati madaniyati kunlarini o‘tkazish taklifini bildirdi.
Shu bilan birga, ikkitomonlama malaniy hamkorliklarni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.