O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlik jadal rivojlanmoqda
2024-10-25 15:20:00 / Yangiliklar
Kuni kecha O'zbekiston madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov hamda Buyuk Britaniyaning Yevropa jamoatchilik bilan aloqalar firmasi katta maslahatchisi, Buyuk Britaniya parlamenti sobiq aʼzosi Lord Jeyms Varton o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasida madaniyat sohasida hamkorlik jadal rivojlanib borayotganligi qayd etilib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Buyuk Britaniyaning London shahrida "O'zbekiston madaniyati, turizmi, hunarmandchiligi" kunlarini tashkil etish yaxshi an'anaga aylanganligi e'tirof etildi.
Shuningdek, kinematografiya sohasida hamkorlik asosini yaratish maqsadida tegishli memorandum imzolash, qo'shma loyihalar amalga oshirish masalasini ko'rib chiqishga kelishildi.