Samarqanddagi madaniyat muassasalari faoliyati o'rganildi
2024-10-24 22:25:00 / Yangiliklar
Kuni kecha madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov xizmat safari bilan Samarqand viloyatida bo‘lib, viloyatdagi madaniyat muassasalari faoliyatini o'rgandi.
Samarqand tumani va Samarqand shahrida madaniyat va san’at sohasida amalga oshirilgan ishlarni ko'zdan kechirish maqsadida hududlardagi madaniyat muassasalarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Shuningdek, Bahodir Ahmedov Samarqand tumani 67-son "Afrasiyob" va Samarqand shahar 5-son Maxsus madaniyat markazida bo'ldi.
Bu yerda yaratiladigan sharoitlar, ijodiy jamoa, raqs mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan xonalar, kichik zal hamda to'garak xonalarini ko'zdan kechirdi.
Muassasalarning obodonlashtirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan ko‘rsatma va takliflar berildi.