Andijonda barpo etilayotgan namunali madaniyat markazi hamda boshqa madaniyat muassasalari faoliyati o'rganildi
2024-10-24 15:40:00 / Yangiliklar
Madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Andijon viloyatida bo‘ldi.
Tashrif davomoda Andijon, Izboskan va Paxtaobod tumanlaridagi madaniyat muassasalarining moddiy-texnika bazasi, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlardan olinayotgan tushumlar holati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlarini o‘rgandi.
Mazkur o‘rganishda Izboskan tumani hokimi Elyorbek Karimov bilan uchrashilib, tumanidagi markaziy va 38-son “Izboskan” madaniyat markazlarini ta’mirlash va jihozlash masalasi muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Paxtaobod tumani hokimi Shoyadbek Babayev bilan Prezident rahbarligida 2023-yil 22-dekabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishining 50-son bayonining ijrosi yuzasidan tumanda namunali tashkil etilishi belgilangan 51-son “Alisher Navoiy” nomidagi madaniyat markazida olib borilgan qurilish ishlari muhokama qilinib, qurilishni yakunlash va jihozlash ishlarini jadallashtirish masalasi kelishildi.
Shuningdek, Andijon tumanidagi markaziy hamda 4-son madaniyat markazlarida bo‘lib, badiiy havaskorlik jamoalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun talab etiladigan musiqa cholg‘ulari, sahna liboslari, tehnik jihoz va uskunalarning namunaviy to‘plamlari bilan ta’minlanganlik darajasi va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq, tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.