Kareliya Respublikasi bilan madaniy hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
2024-10-23 20:55:00 / Yangiliklar
Ayni kunlarda Toshkentda “O‘zbekiston va Kareliya: iqtisodiy rivojlanish va sarmoyaviy hamkorlik uchun sheriklik” biznes-forumi o‘tkazilmoqda.
Bugun, 23-oktyabr kuni O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o'rinbosari Avazxon Tadjixanov va Rossiya Federatsiyasining Kareliya Respublikasi rahbari Artur Parfenchikov o'rtasida hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda, O'zbekiston va Rossiya o'rtasida madaniyat sohasida hamkorlik jadal rivojlanib borayotganligi qayd etilib, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, Kareliya Respublikasi bilan teatr, kino, opera va balet sohasida hamkorlikni yo'lga qo'yish, gastrollar almashish maqsadida huquqiy hujjatlarning imzolanishi masalalari muhokama etildi.