Namanganda “Gender tenglik-erkak va ayol tengligi” mavzusida Respublika seminari bo'lib o'tdi
2024-10-20 02:55:00 / Yangiliklar
Ma’lumki, so‘nggi yillarda xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi, ularni qo‘llab-quvvatlash, oilalarni har tomonlama jamiyatda o‘z o‘rnini topishlariga ko‘maklashish va sharoitlar yaratish maqsadida ko‘plab qaror va farmonlar qabul qilinmoqda.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, kuni kecha Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasida “Gender tenglik-erkak va ayol tengligi” mavzusida Respublika seminari bo'lib o'tdi.
Namangan viloyati qoʻgʻirchoq teatrida boʻlib oʻtgan “Gender tenglik-erkak va ayol tengligi” Respublika seminarini davomida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha “Maslahat Kengashi” mas’ul kotibi Saida Dadamirzayeva tomonidan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mazmun mohiyati seminar ishtirokchilariga tushuncha berildi.
So'ng, Namangan viloyati Madaniyat boshqarmasining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari boʻyicha “Maslahat Kengashi” raisi, trener O.Usmanova tomonidan Gender tenglik-erkak va ayol teng huquqliligi, tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish mavzusida maruzasi tinglandi.