Yusufjon Usmonov Buxoro viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi
2024-10-17 21:40:00 / Yangiliklar
![Yusufjon Usmonov Buxoro viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdi](/_next/image?url=https%3A%2F%2Fapi-portal.gov.uz%2Fuploads%2F82b482bd-f858-7030-7ca2-21901b543b39_lists_slider_.jpg&w=3840&q=75)
#Xizmat_safari
#Buxoro
Ayni kunlarda madaniyat vaziri o'rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo'lib turibdi.
Bugun xizmat safari davomida, namunali tartibda tashkil etilayotgan Kogon tumani “Yangi O'zbekiston”, Kogon shahri 11-son madaniyat markazlarida olib borilayotgan qurilish va taʼmirlash ishlari, Kogon shahar 2-son Bolalar musiqa va sanʼat maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish, Buxoro shahrida DXSh asosida berilgan “Buxoro maqom sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab-internati”da xususiy sherik tomonidan bitim talablariga rioya etilishi holatlari o‘rganildi.
Mazkur, o‘rganishlarda ushbu muassasalarda aholi, ayniqsa yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, qurilish-ta'mirlash ishlari uchun mablag' ajratish, zaruriy jihozlar hamda musiqa va cholg'u anjomlari bilan ta'minlash masalalari hal etilib, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha bir qator mas'ullarga topshiriq, ko'rsatma va tavsiyalar berildi.