Bahodir Ahmedov Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘ldi
2024-09-28 14:00:00 / Yangiliklar

27-sentyabr kuni madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘ldi.
Tashrif davomida madaniyat va san’at muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
Shuningdek, viloyatning Angor hamda Muzrabot tumanlaridagi madaniyat bo‘limi tizimidagi madaniyat markazlari faoliyatini o‘rganib, ta’mirlash ishlari olib borilayotgan namunali madaniyat markazlarini ko‘zdan kechirdi.
Angor tumanidagi “Angor” folklor-etnografik ansambli, Muzrabot tumanidagi “Muzrabot chamani” folklor-etnografik ansambli faoliyati, mazkur ansabllar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va repertuarlari bilan tanishdi.
Tashrif yakunida respublika baxshichilik san’atiga ixtisoslashtirilgan maktab-internatida viloyatdagi madaniyat va san’at muassasalari rahbarlari bilanuchrashib, sohada erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tahliliy va tanqidiy yig‘ilish o‘tkazib, tegishli vazifalar belgilab berildi.