Madaniyat boshqarmalari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish holati o‘rganilmoqda
2024-09-14 16:55:00 / Yangiliklar
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023 – 2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida Madaniyat vazirligining ishchi guruhi tomonidan o‘rganilayotganligi haqida xabar berilgan edi.
Kuni kecha Qashqadaryo viloyatida ham madaniyat boshqarmasi hamda tizim tashkilotlari xodimlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishni, Madaniyat vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas'ul xodimi olib bordi.
Yig'ilish yakunida soha xodimlarining savollariga mas'ullar tomonidan tegishliligicha javoblar berildi.