Brifing
2024-08-27 18:00:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum, bugungi brifingimiz 26-30-avgust kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasidagi “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali doirasida o‘tkazilayotgan “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya haqida.
Bugun, 27-28-avgust kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.
Ayni damda konferensiya o‘z ishini davom ettirmoqda. Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyaga ilk bora 32 ta xorijiy davlatlardan 46 nafar sohaning eng yetuk mutaxassislari, jumladan musiqashunos, folklorshunos, madaniyatshunos olimlar, nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari va xalqaro ilmiy tadqiqot institutlari hamda ilmiy-ijodiy markazlar rahbarlari ishtirok etishmoqda.
Shuningdek, dunyoning 30 ga yaqin davlatlaridan 85 ga yaqin xorijiy va mahalliy OAVlar ushbu konferensiyani yoritish maqsadida tashrif buyurishgan.
Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ochib berdi.
Konferensiya davomida O‘zbek mumtoz musiqa san’ati olamining oltin xazinalari cheksiz va dunyodagi eng qadimiylaridan ekanligi, shu o‘lmas mumtoz asarlar xalqimiz o‘rtasida professional va havaskor sozandalar, xonandalar ijrosida doimo yangrab, asrlardan-asrlarga, ustozdan shogirdlarga o‘tib, mukammallashib, sayqal topib, boyitilib bizning davrimizgacha yashab kelayotganligi va xalqimizning bebaho mulkiga aylanganligi ta’kidlandi.
Shiningdek, ushbu an’analarga tayangan holda festivalning tashkiliy qo‘mitasi tomonidan yaratilgan “MAQOM KAPSULASI” O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov tomonidan taqdimot qilindi.
Bu taqdimot xalqaro ilmiy anjumanning ijodiy cho‘qqisi va ilmiy yangiligi bo‘lganligi konferensiyada ishtirok etayotgan olimlar tomonidan ta’kidlandi hamda 100 dona ishlab chiqarilgan Maqom kapsulasi barcha ishtirokchilarga taqdim etildi.
Konferensiya davomida soha mutaxassislari ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirish, ta’lim tizimiga innovatsion ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, o‘zbek milliy musiqa san’atini turkiy davlatlar musiqa san’ati bilan o‘zaro uyg’unlashuv tamoyillarini ishlab chiqish maqsadida Turkiy madaniyat tashkiloti raisi Sultan Raev boshchiligida Turkiy davlatlar san’at universitetlari ya’ni Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, O‘zbekiston rektorlari ishtirokida kengaytirilgan yig’ilish bo‘lib o‘tdi. Yig’ilish so‘ngida TURKSOY qoshidagi “Turkiy davlatlar san’at universitetlari ittifoqi” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Shundan so‘ng Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti ittifoq a’zoligiga bir ovozdan qabul qilindi va barcha OTM bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Shundan so‘ng, konferensiya doirasida Xitoy, Fransiya, Rossiya, Germaniya, Gambiya, Ummon va Iordaniya davlatlaridagi oliy o‘quv yurtlari, xalqaro ilmiy ilmiy tadqiqot markazlari yetakchilari o‘rtasida jami 12 ta o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Ushbu xalqaro shartnomalar imzolanishidan asosiy maqsad qo‘shma ijodiy loyihalar, gastrol safarlari, xalqaro festivallar, simpoziumlar, tanlovlar va yozgi (qishki) maktablar tashkil etish, har ikki tomon yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari o‘tkazish, nazariy fanlardan ma’ruzalar o‘qish, ilmiy-nazariy konferensiya va simpoziumlarda, ilmiy seminarlarda, davra suhbatlarida va uchrashuvlarda ishtirok etish, o‘zaro qo‘shma ilmiy-uslubiy nashrlar va o‘quv-uslubiy nashrlar almashinuvi hamda institut professor-o‘qituvchilari malakasini oshirishga ko‘maklashish va xalqaro san’at, ilmiy va ta’lim dasturlarida ishtirok etish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish nazarda tutuilgan.
Konferensiya o ‘z ishini davom ettirmoqda, unda olimlarning ma’ruzalari tinglanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, “Sharq xalqlari musiqa madaniyati: globallashuv jarayonlarida ijodiy uyg‘unlashuv tamoyillari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy ilmiy natijalari, xulosalar va saralab olinib eng yaxshi maqolalar jamlangan holda “Maqolalar to‘plami” nashr etiladi.
Bizni kuzatishda davom eting, xayr salomat bo‘ling.