Butunjahon yoshlar festivali doirasida Xiva shahrida O'zbekiston-Hindiston yoshlar forumi bo'lib o'tdi
2024-07-02 11:25:00 / Yangiliklar
Kuni-kecha Butunjahon yoshlar festivali doirasida Xiva shahrida O'zbekiston-Hindiston yoshlar forumi bo'lib o'tdi.
Mazkur Xalqaro forumda Hindistonning yoshlar ishlari va sport vazirligi direktori Dr. Sarah Jayal Sawkmie, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filliali direktori Rashid Ro'ziboyev, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i Temur Jumaniyozov, O'zbekiston Xoreografiya akademiyasi professori, filologiya fanlari nomzodi Ravshan Jomonov, O'zbekiston davlat xoreograiya akademiyasi Urganch filliali direktori o'rinbosari Otabek Saparbayev, O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filliali Xoreografiya kafedrasi mudiri Shaxnoza Samandarova, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filliali talabasi Sandhya Shalini hamda O'zbekiston Madaniyat vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash bo'limi bosh mutaxassisi Jasur Sabirovlar ishtirok etishdi.
Forum davomida O'zbekiston va Hindiston davlatlarining raqs san'ati hamda filmlari to'g'risida fikr almashildi.