Madaniyat vaziri o'rinbosari Yusufjon Usmonov xizmat safari bilan Farg'ona viloyatida bo'ldi.
2024-05-25 18:00:00 / Yangiliklar

Xizmat safari davomida Yusufjon Usmonov Farg'ona, Marg'ilon shaharlari hamda Quva, Toshloq, Farg'ona tumanlaridagi madaniyat muassasalari holatini o'rgandi hamda hududiy hokimlik vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Quva tumanidagi 3 ta madaniyat markazlari binolarini DXSH asosida tadbirkorga berish bo'yicha takliflar tinglandi, shuningdek davlat-xususiy sheriklik asosidagi bitim majburiyatlaridan kelib chiqqan holda bajarilishi majburiy bo'lgan ishlar bo'yicha muddati belgilangan ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Shuningdek, vazir o'rinbosari Toshloq tumanidagi 54-son tuman madaniyat markazi binosi va unga qo'shimcha tomosha zali qurish bo'yicha takliflar bilan tanishdi hamda Marg‘ilon shahridagi DXSh asosida berilishi rejalashtirilgan 2 ta 16-17-son madaniyat markazi binolari va amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Marg'ilon shahridagi Askiya markazida bo'lib markaz faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shundan so'ng Beshariq tumanida madaniyat markazlarining kadastr hujjatlari bo‘yicha muammoli masalalar o'rganildi. DXSh asosida ta’mirlangan 20-son “Sadoqat” madaniyat markaziga tashrif buyurildi hamda binoni topshirish ishlari bo‘yicha kelishib olindi. O'zbekiston, Beshariq, Furqat, Bag'dod, Rishton tumanlarida va Qo'qon shahridagi mavjud madaniyat markazlari hamda O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Farg'ona mintaqaviy filialidagi muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shahar va tuman hokimlari va ularning tegishli o'rinbosarlari bilan uchrashib kelishib olindi.
O'rganish davomida bitim imzolangan 7 ta madaniyat markazlari ta'mirlash ishlari bilan tanishib, kamchiliklar yuzasidan zaruriy ko'rsatmalar berildi hamda 4 ta madaniyat markazi uchun tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar bo'yicha kelishib olindi.