Оchiq shaxmat chempionati o‘tkazildi
2025-08-11 12:50:00 / Yangiliklar

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yillik bayrami oldidan “O‘zbekgidroenergo” AJ tashabbusi bilan respublikamiz vazirlik va idoralarida mehnat qilayotgan xodimlar o‘rtasida Shaxmat sport turi bo‘yicha “Chess Board Open Championship of “Uzbekhydroenergo” JSC” ochiq shaxmat chempionati o‘tkazildi.
Turli tashkilot va idoralardan yuzdan ortiq vakillar qatorida, shu jumladan Inspeksiya Markaziy mintaqaviy boshqarmasi bosh mutaxassisi Umarjon Ubaydullayev ham ishtirok etdi.


