Inspeksiya haqida
Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanib, tog‘-kon tarmog‘i, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish sohasida,
shu jumladan, neft-gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlarini, uglevodorod xomashyosining qazib olinishini, konchilikni, qattiq foydali qazilmalarning qayta ishlanishini hamda portlatish ishlarini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini, shuningdek,
yerosti suvlaridan oqilona foydalanilishini nazorat qilish sohalarida yagona davlat siyosatini yuritishda yordam ko‘rsatadi.
Inspeksiya nazorati ostidagi ob’ektlarga tog‘-kon tarmog‘i, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish sohasida, shu jumladan, neft-gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlarini, uglevodorod xomashyosining qazib olinishini, konchilikni, qattiq foydali qazilmalarning qayta ishlanishini hamda portlatish ishlarini amalga oshirishda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini, shuningdek, yerosti suvlaridan oqilona foydalanilishini amalga oshiruvchi ob’ektlar (keyingi o‘rinlarda – nazorat ostidagi ob’ektlar) kiradi.
Inspeksiya bevosita O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga (keyingi o‘rinlarda – Vazirlik) bo‘ysunadi va o‘z faoliyati yuzasidan hisobot berib boradi.
Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasining “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi va “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlari, yer qa’rini geologik o‘rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan chuchuk, mineral, termal
va sanoat yerosti suvlarini) qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlashda yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga hamda yer qa’ridan foydalanish shartlariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
tog‘-kon tarmog‘i, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish sohasida, shu jumladan, neft-gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlarini, uglevodorod xomashyosining qazib olinishini, konchilikni, qattiq foydali qazilmalarning qayta ishlanishini hamda portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini, shuningdek, yerosti suvlaridan oqilona foydalanilishini ta’minlashga oid qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
tog‘-kon tarmog‘ida, geologiya, neft va gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, konchilik, qattiq foydali qazilmalarni qayta ishlash hamda portlatish ishlari sohasiga oid xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasi
va deklaratsiyalash tartibini takomillashtirish hamda texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalarning davlat kadastrini yuritish va ushbu yo‘nalishlardagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish;
yer qa’ridan foydalanishda marksheyderlik o‘lchov ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi va qazib (ajratib) olingan foydali qazilmalarning haqqoniy hisobi yuritilishi ustidan nazoratni ta’minlash, shuningdek, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilganligini aniqlash
va qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini ko‘rish;
konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida hamda sanoat xavfsizligining tegishli yo‘nalishlarida litsenziyalash, ruxsatnomalar berish va xabardor qilish
tartib-taomillarini amalga oshirish;
tog‘-kon tarmog‘i, geologiya hamda konchilik, shu jumladan, qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat xavfsizligiga
oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqishda ishtirok etish;
texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda tog‘-kon tarmog‘i, geologiya, yer qa’ridan foydalanish hamda konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning sanoat xavfsizligi bo‘yicha malakasini oshirish;
Inspeksiya faoliyatida zamonaviy raqamli texnologiyalarni va kosmik masofaviy monitoringni tatbiq etish orqali tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida huquqbuzarliklarning oldini olishning samarali tizimlarini joriy etish;
yer qa’ridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tezkor choralar ko‘rish yuzasidan idoralararo hamkorlikni rivojlantirish;
yer qa’ridan foydalanishda aniqlangan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish, sohada huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash va suv olish inshootlarini ishlatishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining buzilishi holatlari ustidan ta’sirchan nazorat choralarini ko‘rib borish.
Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) O‘zbekiston Respublikasining “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi va “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunlari, yer qa’rini geologik o‘rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yerosti suvlarini) qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlashda yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga hamda yer qa’ridan foydalanish shartlariga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish yo‘nalishi bo‘yicha:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer qa’rini geologik o‘rganishda undan foydalanish va muhofaza qilish, foydali qazilmalarni (shu jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yerosti suvlarini) qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlashda yer qa’ridan foydalanuvchilar
geologiya-marksheyderlik nazorati hamda marksheyderlik (geodeziya) ishlarini olib boruvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qonunchilik hujjatlari
va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga hamda yer qa’ridan foydalanish shartlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshiradi;
foydali qazilmalar konlari va istiqbolli uchastkalarni o‘rganish yuzasidan monitoringini amalga oshiradi;
mineral xomashyo zaxiralariga ega konlar va istiqbolli uchastkalarda geologik o‘rganishlar, qazib olish va qayta ishlashda, sanoat
va tajriba-sanoat usulida qazib olishda yer qa’ridan oqilona foydalanish hamda uning muhofaza etilishi ustidan nazorat qiladi;
yer qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish uchun yer qa’ridan foydalanish ruxsatnomalari, texnik loyihalar va boshqa hujjatlarda belgilangan shartlarni tegishli sub’ektlar tomonidan
o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi;
yer qa’ridan oqilona foydalanish hamda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etmagan holda olib borilayotgan yoki baxtsiz hodisa
va avariya sodir bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan ishlarni to‘xtatib turadi;
yer qa’rini o‘rganish, foydali qazilma konlarini qidirish va qazib olish, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer qa’ridan foydalanishda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan qidiruv quduqlarni, geologiya va texnik hujjatlarning, ma’danlar va tog‘ jinslari namunalari, kern, foydali qazilma namunalari dublikatlarining belgilangan talablarga muvofiq saqlanishini nazorat qiladi;
gidrogeologiya quduqlarini burg‘ilash va ishlatishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini, yer qa’rining noyob ob’ektlari, yerosti suvlarini (shu jumladan, shifobaxsh va ichimlik suvlarini) muhofaza qilish ishlarining bajarilishini nazorat qiladi;
yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq taqdim etiladigan kon ajratmasi bo‘yicha ajratish dalolatnomasini va kon o‘zlashtirish loyihasini kelishadi;
foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha korxonalar, ob’ektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ridan foydalanuvchilar bajarishi shart bo‘lgan texnik (foydali qazilmalar konlaridan foydalanishda ishlarning xavfsizligi, iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun iqtsodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lgan kon ishlanmalarini saqlab qolish yuzasidan) talablarni belgilaydi;
yer qa’rini geologik o‘rganishda, qidirilayotgan foydali qazilma konlarida, foydali qazilmalarni qazib olishda, shu jumladan, uglevodorodlarni yerosti da saqlash uchun foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yerosti inshootlari qurish va ulardan foydalanishda yer qa’ri uchastkalarida ishlarni bajarishda gidrogeologik,
geologik-iqtisodiy va boshqa shartlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
asosiy va ular bilan birgalikda joylashgan foydali qazilmalar hamda ularning tarkibidagi asosiy va birgalikda uchraydigan komponentlar zaxiralarining miqdorlari va sifati, shuningdek, foydali qazilmalarni qazish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda foydalaniladigan yer qa’ri uchastkalarining tabiiy xususiyatlari haqida dastlabki materiallar
va axborotlarning to‘liqligi va haqqoniyligini nazorat qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida hududlarda buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish hamda ularning unumdorligini tiklash, tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish, saqlash va undan foydalanish ishlarining sifati va o‘z vaqtida bajarilishi ustidan nazorat qiladi va monitoring yuritadi;
b) tog‘-kon tarmog‘ida, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish, portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat xavfsizligini ta’minlashga oid qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik
va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish yo‘nalishi bo‘yicha:
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tog‘-kon, neft va gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlari, quduqlarini burg‘ilash (qurish), ularni joriy va mukammal ta’mirlash, sinash va o‘zlashtirish, uglevodorod xomashyosini qazib olish, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish, portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasi yo‘nalishlari sanoat xavfsizligiga oid qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlari va tekshiruvlarini amalga oshiradi;
nazorat ostidagi ob’ektlarda avariya holatining va ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarning oldini olish maqsadida tog‘-kon ishlari va sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilinishi zarurligi to‘g‘risida tushuntirish ishlarini olib boradi;
nazorat ostidagi ob’ektlarda avariyalar, ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarni, portlatish ishlari va portlovchi materiallar aylanmasi bilan bog‘liq qonunchilik buzilishi holatlarining sabablarini texnik jihatdan tekshiradi;
HKQQni operativ boshqaradi va metodik rahbarlik qiladi, shuningdek, kon favvoralariga qarshi kurashish, gazdan qutqarish va avariya-dispetcherlik xizmatlari korxonalari, bo‘linmalarining bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarni lokalizatsiya qilish va oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qilish, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalarning joylashishi sxemalarini kelishish;
nazorat ostidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining foydalanishga qabul qilinishida ishtirok etish uchun o‘z ishining mas’ul vakillarini tayinlaydi, ushbu ob’ektlarda foydalanishga qabul qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
nazorat ostidagi ob’ektlardan foydalanishda tashkilotlarning tayyorligini, shuningdek, nazorat ostidagi ob’ektlarda avariyalar va ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalarning oldini olish tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qiladi;
nazorat ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari ishlab chiqilishi va mutasaddi organlarga to‘g‘ri va o‘z vaqtida taqdim etilishining monitoringini yuritadi;
nazorat ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi yo‘nalishlarida zamonaviy texnik yechimlarni va uskunalarni hamda yangi portlovchi materiallarni qo‘llashning texnik jihatdan maqsadga muvofiqligi yuzasidan tegishli ekspert xulosalarni ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi;
xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarilarda amalga oshirilgan ishlarning alohida yo‘nalishlarida texnologik bosqichlarni, texnologik reglamentlarni kelishadi;
ishlab turgan va qurilayotgan nazorat ostidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligini deklaratsiya qilishni nazorat qiladi;
nazorat ostidagi ob’ektlarda avariyalarni bartaraf etish rejasini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda avariyalarni bartaraf etishga shayligi ta’minlanganligi ustidan nazoratini amalga oshiradi;
konchilik, geologiya, neft va gaz geologiya-qidiruv ishlari va ularni qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlash hamda portlovchi materiallarning aylanmasi sohalarida qo‘llanadigan texnologiyalar, ishlanmalar, ob’ektlar, asbob-uskunalar va texnik qurilmalarning ro‘yxatini yuritadi;
nazorat ostidagi ob’ektlarda qo‘llanadigan texnik qurilmalarni sertifikatlashni nazorat qiladi;
nazorat ostidagi ob’ektlarda qo‘llanadigan texnik qurilmalar,
asbob-uskunalar, transport vositalari, portlovchi moddalar, portlatish vositalari, o‘q otuvchi va portlatuvchi apparatlarni sinovdan o‘tkazishda ishtirok etadi;
konchilik, portlovchi materiallarni ishlab chiqarish va portlatish ishlari amalga oshiriladigan ob’ektlarda qo‘llanadigan texnologiyalar, ishlanmalar va texnik qurilmalarning kelishuvini amalga oshiradi;
Inspeksiyaning vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha sanoatda, kon nazoratida va ilmiy tadqiqotlarda ishlarni xavfsiz olib borishni nazorat qilish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yadi;
v) tog‘-kon tarmog‘ida, geologiya, neft va gaz tarmog‘ida
geologiya-qidiruv ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, konchilik, qattiq foydali qazilmalarni qayta ishlash hamda portlatish ishlari sohasiga oid xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi ekspertizasi
va deklaratsiyalash tartibini takomillashtirish hamda texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalarning davlat kadastrini yuritish va ushbu yo‘nalishlardagi ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish yo‘nalishi bo‘yicha:
nazorat ostidagi ob’ektlar reestrining yuritilishida ishtirok etadi;
nazorat ostidagi ob’ektlarni identifikatsiya qilish va majburiy sug‘urtalashni nazorat qiladi;
nazorat ostidagi ob’ektlarda texnogen xavfi yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri yuritilishini nazorat qiladi va umumlashtiradi;
nazorat ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish to‘g‘risidagi nizomni kelishadi
hamda ma’lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi;
nazorat ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi sohasida ekspert tashkilotlarini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazadi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
nazorat ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi sohasida berilgan ekspert xulosalarining yagona hisobini yuritadi va sanoat xavfsizligi ekspertizasi tizimini rivojlantirishni tashkil etadi;
nazorat ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligi sohasida ekspertlarni attestatsiyadan o‘tkazadi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
g) yer qa’ridan foydalanishda marksheyderlik o‘lchov ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirilishi va qazib (ajratib) olingan foydali qazilmalarning haqqoniy hisobining yuritilishi ustidan nazoratni ta’minlash, shuningdek, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilganligini aniqlash va qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini ko‘rish yo‘nalishi bo‘yicha:
foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi, marksheyderlik ishlarini amalga oshirgan holda yetkazilgan zarar miqdorini (hajm ko‘rinishida) aniqlaydi;
yer qa’ridan foydalanish sohasidagi qonunchilik talablarini buzgan, qazib olingan foydali qazilmalar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soxtalashtirishga yo‘l qo‘ygan yer qa’ridan foydalanuvchilar hamda marksheyderlik tashkilotlari, shuningdek, ularning rahbarlari
va ta’sischilar bo‘yicha yer qa’ridan foydalanish sohasidagi qonunchilikni buzuvchilar reestrini yuritadi va tegishli ma’lumotlarni “Kon-geologiya xizmatlari” modulida joylashtirib boriladi;
reestrga kiritilgan tashkilotlarni belgilangan muddat davomida qonunchilik talablarini va ma’lumotlarni to‘g‘ri taqdim etish yo‘nalishidagi faoliyatining monitoringini yuritadi, natijalari bo‘yicha ularni yer qa’ridan foydalanish sohasidagi qonun buzuvchilar reestridan belgilangan tartibga muvofiq chiqarish ishlarini tashkillashtiradi;
tog‘-kon va qayta ishlash korxonalarining loyihalarini, shuningdek, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarni yo‘qotish va ularning kamayish normativlarini kelishadi;
barcha turdagi foydali qazilmalarni qazib olishda hamda qayta ishlashda (uglevodorod xomashyosini qayta ishlashdan tashqari) ularning yo‘qotilishi va kamayishi bo‘yicha belgilangan normativlarga rioya etilishini nazorat qiladi;
qazilmalarni, qazib olish bo‘yicha ishlatilayotgan konlar to‘g‘risida yillik hisobot balanslarida foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish bilan bog‘liq yer qa’rini o‘rganish ishlari hisobini yuritadi, shuningdek, geologik o‘rganish ishlari natijalarining, qazib oluvchi korxonalar hisobidan chiqarilayotgan qazib olingan va yo‘qotilgan qazilmalarning haqqoniyligini o‘rganadi;
yer qa’rini o‘rganishni, ulardan foydali qazilmalarni qazib olish, samarali foydalanishni hamda yo‘ldosh komponentlar ajratib olinishini nazorat qiladi;
mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning (uglevodorod xomashyosini qayta ishlashdan tashqari) normativdan ortiqcha yo‘qotilishiga yo‘l qo‘yilganligini aniqlaydi
va tegishli sub’ektlarga nisbatan qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralarini ko‘radi;
d) konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida hamda sanoat xavfsizligining tegishli yo‘nalishlarida litsenziyalash, ruxsatnomalar berish va xabardor qilish
tartib-taomillarini amalga oshirish yo‘nalishi bo‘yicha:
portlovchi moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar
va mahsulotlarni, shuningdek, portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini litsenziyalashni amalga oshiradi, litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, shu jumladan, bevosita joyiga chiqqan holda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar asosida tekshiruvlarni amalga oshiradi;
konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohalarida hamda nazorat ostidagi ob’ektlarda sanoat xavfsizligining tegishli yo‘nalishlarida ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni beradi, ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshiradi, ushbu hujjatlarni amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turadi, tugatadi va bekor qiladi, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi, shu jumladan, bevosita joyiga chiqqan holda tegishli tekshiruvlarni amalga oshiradi;
qazilmalarga ega bo‘lgan va boshqa konlarni o‘zlashtirish va ishlatish loyiha hujjatlarini kelishadi;
o‘z vakolatlari doirasida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashda va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishda (rasmiylashtirishda) ishtirok etadi;
yer qa’ridan foydalanish faoliyati bo‘yicha ruxsat berishga doir hujjatlarda belgilangan talablar va shartlarni buzgan sub’ektlarni
yer qa’ridan foydalanish faoliyatini to‘xtatib turish, tugatish va bekor qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;
yangi ishlab chiqilgan va respublika hududida foydalanilmagan portlovchi materiallarning sinov ishlarida ishtirok etadi va ularni respublika hududidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo‘llash mumkinligi to‘g‘risida xulosa beradi;
ye) tog‘-kon tarmog‘i, geologiya hamda konchilik, shu jumladan qattiq foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida sanoat xavfsizligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqishda ishtirok etish yo‘nalishi bo‘yicha:
tog‘-kon, neft va gaz tarmog‘ida geologiya-qidiruv ishlari, quduqlarini burg‘ilash (qurish), ularni joriy va mukammal ta’mirlash, sinash va o‘zlashtirish, xomashyosini qazib olish, geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish, portlatish ishlari va portlovchi materiallarning aylanmasidagi yo‘nalishlarida sanoat xavfsizligi sohalarida qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi, shuningdek, mavjud huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Inspeksiya vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar, innovatsiyalar va yechimlarini joriy etishga, sohani rivojlantirishga qaratilgan qisqa, o‘rta va uzoq muddatli dasturlarni
va yo‘l xaritalarni tayyorlashga doir takliflarni kiritadi;
j) texnika va texnologiyalarning jadal rivojlanishini hisobga olgan holda tog‘-kon tarmog‘i, geologiya, yer qa’ridan foydalanish hamda konchilik, portlatish ishlari, portlovchi materiallarning aylanmasi sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarning sanoat xavfsizligi bo‘yicha malakasini oshirish yo‘nalishi bo‘yicha:
nazorat ostidagi ob’ektlar xodimlarining sanoat xavfsizligi bo‘yicha malakasini tizimli asosda oshirilishini, shuningdek, texnika
va texnologiyalarning doimiy rivojlanishini hisobga olgan holda mutaxassislarni tayyorlash ishlarini tashkil etadi va nazoratini amalga oshiradi;
nazorat ostidagi ob’ektlardagi xodimlarni yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi, portlovchi materiallar aylanmasi va portlatish ishlaridagi xavfsizlik sohasi bo‘yicha xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazish tartibini tasdiqlaydi hamda attestatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etadi;
nazorat ostidagi ob’ektlar xodimlarining bilim va ko‘nikmalari bo‘yicha tekshiruvlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar asosida amalga oshiradi;
nazorat ostidagi ob’ektlarda tog‘-kon, sanoat xavfsizligi, portlatish ishlarini bajarish va rahbarlik qilish huquqiga tayyorlashni va o‘qitishni tashkil etadi va amalga oshiradi, belgilangan tartibda portlatish va boshqa alohida xavfli ishlarni bajarish uchun tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslarga tegishli guvohnomalarning berilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
z) Inspeksiya faoliyatida zamonaviy raqamli texnologiyalarni
va kosmik masofaviy monitoringni tatbiq etish orqali tog‘-kon sanoati
va geologiya sohasida huquqbuzarliklarning oldini olishning samarali tizimlarini joriy etish yo‘nalishi bo‘yicha:
“O‘zbekkosmos” agentligi bilan hamkorlikda kosmik ma’lumotlarni tahlil qilish orqali “xavfi yuqori” bo‘lgan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha doimiy ravishda nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
aholi tomonidan Vazirlikning Internet jahon axborot tarmog‘idagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari haqidagi fotosuratlar
va videoyozuvli ma’lumotlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi
va tegishli choralarni ko‘radi;
Vazirlikning rasmiy veb-saytida tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida xizmat ko‘rsatish bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha “Geomonitoring” axborot tizimi doirasida “Kon-geologiya xizmatlari” modulida ushbu sohada faoliyat yurituvchi yuridik va jismoniy shaxslarning reytingini yuritishda ishtirok etadi;
yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash va suv olish inshootlarini ishlatishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining buzilishi holatlari bo‘yicha ta’sirchan nazorat choralarini ko‘rib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va respublikada mavjud geologiya-qidiruv va kon ishlarida qo‘llanadigan burg‘ilash qurilmalari va uskunalarning yagona ro‘yxatini yuritadi;
i) yer qa’ridan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularga nisbatan tezkor choralar ko‘rish yuzasidan idoralararo hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha:
huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda yer qa’ridan foydalanishda noqonuniy holatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha muntazam ravishda tezkor-nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Soliq qo‘mitasi, boshqa mutasaddi davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda foydali qazilmalardan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash bo‘yicha doimiy ravishda nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
k) yer qa’ridan foydalanishda aniqlangan huquqbuzarliklar
va ularning oqibatlari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilib borish, sohada huquqni qo‘llash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish yo‘nalishi bo‘yicha:
sohada amalga oshirilayotgan ishlar va yer qa’ridan oqilona foydalanish hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarning buzilishi natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar va ularning oqibatlari to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni amalga oshiradi;
Vazirlik maxsus axborot tizimiga yuborilgan yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi fotosuratlar va videoyozuvlar ko‘rib chiqish va xabar bergan shaxslarni pul mukofoti bilan rag‘batlantirish ishlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
l) yerosti suvlariga quduqlarni burg‘ilash va suv olish inshootlarini ishlatishda qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining buzilishi holatlari ustidan ta’sirchan nazorat choralarini ko‘rib borish yo‘nalishi bo‘yicha:
yerosti suvlarini, shu jumladan, shifobaxsh va ichimlik suvlarini muhofaza qilish ishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan gidrogeologiya quduqlarini burg‘ilash va ishlatishda normativ hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yerosti suvlariga quduqlarni bug‘ilash ishlarini olib borishga doir huquqbuzarliklar holatlari bo‘yicha tekshiruvlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
yerosti suvlariga quduq burg‘ilash, yerosti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish bo‘yicha nazoratni olib boradi.
Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda o‘zining tarkibiy boshqarmalari orqali amalga oshiradi.
