Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yer qa’ridan foydalanish masalalari o‘rganildi
2025-07-14 13:30:00 / Yangiliklar
Bosh prokuratura, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, shuningdek, Inspeksiyaning Sharqiy mintaqaviy boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida yer qa’ridan foydalanish holati yuzasidan joyiga chiqilgan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida yer qa’ridan foydalanish sohasida qonunchilik va normativ-texnik hujjatlar talab va me’yorlariga rioya etilishi, yer qa’ri boyliklaridan samarali va maqsadli foydalanish, litsenziya va ruxsatnomalarning mavjudligi, ishlab chiqarish jarayonlarida tabiatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar mavjud yoki yo‘qligi, shuningdek, tabiiy resurslarni muhofaza qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida tashkilot va korxonalar, tadbirkorlik subyektlariga yer qa’ridan foydalanish sohasida qonunbuzilish holatlarining oldini olish yuzasidan tushuntirish berildi.



