Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili
2025-07-03 14:45:00 / Matbuot anjumanlari

Unda inspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, sohada preventiv choralarni kuchaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar, Xususan, Inspeksiyaning 2025-yil uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi” tasdiqlanib sohada korrupsiyani oldini olish va bartaraf etish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Jumladan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-axloq qoidalari”, “Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish Nizomi”, “Ishga nomzodlarni tekshirish bo‘yicha Yo‘riqnoma”, “Sovg‘alarni olish va berish siyosati” kabi 15 dan ortiq ichki idoraviy hujjat qabul qilinib, amaliyotga joriy etilayotgani;
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida 102 nafar xodim tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida deklaratsiyalar to‘ldirilib, 13 nafar xodimda ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi aniqlangani hamda mazkur holatlar qonuniy tarzda bartaraf etilgani qayd etildi.
“Inspeksiyada korrupsiya haqida xabar berishga oid 4 ta aloqa kanali tashkil etilib, rasmiy veb saytga joylashtirildi, korrupsiya faktlariga oid murojaatlar bo‘yicha ma’lumotlar inspeksiya saytiga joylashtirilmoqda.
Shu bilan birga 58 nafar xodim korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratishga qaratilgan ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha o‘qitildi. Hamda Inspeksiya konchilik va geologiya sohasida davlat nazorati va litsenziyalash bo‘yicha ushbu xalqaro standart sertifikatini oldi” - dedi spiker.
Shuningdek, “Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf qilish hamda “korrupsiyadan holi” muhitni yaratish bo‘yicha” Yo‘l xaritasiga muvofiq inspeksiyaning Sharqiy (Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari) va Markaziy (Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari) hududiy boshqarmalarida ichki xizmat tekshiruvlari o‘tkazildi.
Tekshiruvlar davomida ba’zi davlat inspektorlari tomonidan ish faoliyatlari va tekshiruvlar o‘tkazish jarayonlarida amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilmaslik, xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaslik, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan noqonuniy kelishish kabi bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Xususan, 37 ta xo‘jalik yurituvchi subyektda o‘tkazilgan davlat nazorat tadbirlari jarayonida kon ichida va kon tashqarisida qazib olingan turli foydali qazilmalar hajmlarini yashirish, to‘liq ko‘rsatmaslik yoki ataylab kam ko‘rsatish, noqonuniy ravishda yer osti boyliklari qazib olinayotgan hududlarda qonunbuzarlarga nisbatan chora ko‘rmaslik, aksincha ushbu fuqarolar bilan noqonuniy til biriktirish evaziga jinoyatni yashirish holatlari aniqlandi.
Ichki xizmat tekshiruvlari natijasiga ko‘ra, 15 nafar xodimga nisbatan turli xildagi intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuborildi.
Brifing OAV tomonidan yoritildi.
