Chodak kon boshqarmasi kubogi: 5-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
2026-05-07 11:15:00 / Yangiliklar

Musobaqada boshqarma tarkibidagi bo‘limlar jamoalari bilan bir qatorda, Chodak kon boshqarmasi obyektlarida xavfsizlik va kon qutqaruv ishlarini ta’minlovchi 5-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi xodimlari ham ishtirok etdi. Mazkur jamoaning ishtiroki qutqaruvchilarning nafaqat xizmat vazifalarida, balki jismoniy tayyorgarlik masalalarida ham yuqori salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Turnir murosasiz va shiddatli bahslarga boy bo‘ldi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, barcha raqiblari ustidan ishonchli g‘alaba qozongan 5-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi jamoasi mutloq g‘olib deb topildi. G‘oliblarga tashkilotchilar tomonidan Boshqarma kubogi, medallar va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu natijalar kon qutqaruv tuzilmalarida xodimlarning jismoniy tayyorgarligi va intizomi yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. Sport tadbirlari orqali xodimlarning salomatligini tiklash va jamoaviy ruhni oshirish, o‘z navbatida, kon obyektlarida ishlab chiqarish samaradorligi va xavfsizlik talablarining so‘zsiz bajarilishiga xizmat qiladi.
Sohaviy nazorat va kon qutqaruv tuzilmalarining bu kabi ijtimoiy faolligi kelgusida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va jamoaviy harakatlarni muvofiqlashtirishda ijobiy iqtisodiy hamda ma’naviy samara beradi.

