Diqqat, so‘rovnoma
2026-01-20 13:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida (21.12.2023y. PQ-401-son) xotin-qizlarni har tomonlama quvvatlash va ularni faolligini oshirish vazifalari belgilangan.
Xususan, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish borasida samarali qaror va yechimlar qabul qilish maqsadida respublikamizda ijtimoiy o‘rganishlar, so‘rovlar va tahlillar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Inspeksiyada xotin-qizlar huquqlari ta’minlanishi bo‘yicha anonim ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Sizdan ushbu so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz. So‘rovnomada berilgan javoblar xolis tahlil qilish uchun xizmat qiladi.
So‘rovnomada ishtirok etish uchun quyidagi havolaga o‘ting⬇️
https://forms.gle/FVZ7iiAT1H1TAYYp7
