Boysun tuman prokuraturasining taqdimnomasi muhokama qilindi
2026-01-21 16:50:00 / Yangiliklar

Yig‘ilishda inspeksiya rahbariyati, markaziy apparat xodimlari, boshqarmalar rahbarlari va mas’ullari ishtirok etdi.
Inspeksiya bosh yuriskonsulti J.Bozorxonov taqdimnomada koʻtarilgan masala - Janubiy mintaqaviy hududiy boshqarma xodimlari tomonidan qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻyilgani aniqlangani, ularning kelib chiqish sabablari boʻyicha yig‘ilish ishtirokchilariga maʼlumot berdi.
Xususan, Boysun tumani prokuraturasi tomonidan оʻtkazilgan tekshirishda
foydali qazilmalar (chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlari)ni qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash, kon ishlarida geologiya-marksheyderlik xizmati faoliyatini tashkil etish sohasidagi qonunchilik holatlari oʻrganilgani qayd etilib, tegishli hujjatlarni yuritish va rasmiylashtirishda, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda, mehnatni muhofaza qilishga doir ishlarda qator kamchiliklar mavjudligi taʼkidlandi.
Yig‘ilish ishtirokchilari kun tartibidagi masalani atroflicha muhokama qildilar.
Inspeksiya va uning hududiy boshqarmalari rahbarlari va xodimlari tomonidan Boysun tumani prokuraturasi taqdimnomasida keltirilgan holatlarni bartaraf qilish, shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida tegishli qaror qabul qilindi.



