Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi 2025-yil davomida HISOBOTI
2025-12-30 00:00:00 / Hisobotlar
Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari haqidagi
2025-yil davomida
HISOBOTI
2025-yil davomida Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga jami 64 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan.
Viloyatlar kesimida tahlil qilinganida, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan 6 ta, Buxoro viloyatidan 2 ta, Jizzax viloyatidan 8 ta, Qashqadaryo viloyatidan 5 ta, Navoiy viloyatidan 4 ta Namangan viloyatidan 3 ta, Samarqand viloyatidan 2 ta, Surxandaryo viloyatidan 2 ta, Toshkent viloyatidan 12 ta, Fargʻona viloyatidan 6 ta hamda boshqa hududlardan 14 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan boʻlib, ulardan 4 tasi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqidagi murojaatlardir.
Murojaatlar tahlili shuni koʻrsatdiki, ularning 18 ta ishonch telefoni, 27 ta Prezident virtual qabulxonasi, 5 ta Inspeksiyaning elektron pochta manzilidan, 10 ta yozma shaklda, 4 ta ogʻzaki (fuqarolarni shaxsiy qabulidan olingan) shaklda olingan arizalarni tashkil etadi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar boʻyicha murojaatlar Inspeksiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha masʼul xodimi va tegishli soha mutaxasisslari bilan hamkorlikda oʻrganib chiqilgan.
Aloqa kanallari orqali kelib tushgan murojaatlarni oʻrganishlar natijasida 4 ta holat boʻyicha xizmat tekshiruvlari oʻtkazilib, 2 ta holat boʻyicha toʻplangan materiallar huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralariga yuborilgan.
Xususan, Qarshi tumani, “Kat” MFY hududiga qarashli yer maydoni atrofidan fuqaro Boltayev Jamshid Pirnazar oʻgʻli tomonidan juda koʻp miqdorda noqonuniy ravishda lessimon jismlar (tuprok) noruda foydali qazilmani qazib olayotganligi uchun qonuniy tartibda chora koʻrishni soʻrab yuborilgan hujjatlar koʻrib chiqilgan.
Oʻrganish davomida fuqaro J.P.Boltayevdan tushuntirish xati olinganda, Janubiy mintaqaviy boshqarmasi xodimi 3.Xusanov undan hujjatlarni rasmiylashtirmaslik va qonuniy tuproq qazish ishlarini davom ettirishi evaziga 500 ming soʻm pul olganligini, shunga qaramasdan aniqlangan holat yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirib, prokuraturaga topshirganligidan norozi ekanigini bildirgan.
Fuqaro J.P.Boltayevning tushuntirish xatida keltirgan vajlarini tekshirish uchun Janubiy mintaqaviy boshqarmasi xodimi 3.Husanov fodalanib kelayotgan "RedMI Note 11" rusumli uyali telefoni xolislar va mutaxassislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda 13.11.2025 yildan 17.11.2025 yilga qadar 10 marotaba 12 daqiqalar gaplashganligi aniqlandi. Bundan tashqari, Janubiy mintaqaviy boshqarma xodimi 3.Husanovning uyali telefoniga oʻrnatilgan "Telegramm" messenjer oraqli fuqaro J.P.Boltayev akkauntiga 14.11.2025 yilda 1 dona gosura va fuqaro J.P.Boltayevning akasi J.Qorayev 30.09.2024 yilda noqonuniy ravishda lessimon jismlar (tuprok) noruda foydali qazilmani qazib olgani yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlarni CamScanner nomli fayl tashlanganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan “Oltin Kon” MCHJ murojaatini o‘rganish davomida quyidagilar ma’lum bo‘ldi.
Xususun, Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining maxsus ishchi guruhi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va boshqa tegishli masʼul idoralar hamkorligida 2025-yil iyun oyida tezkor tadbirlar oʻtkazilib, Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi “Quljuqtau” va Navoiy viloyati Konimex tumanidagi “Taushan” togʻ massivlarida joylashgan “Oltin Kon” MCHJga tegishli hududlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy oltin qazib olish bilan shugʻullanayotgan jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyildi.
Oʻtkazilgan tadbirlar davomida tezkor choralar koʻrilishi natijasida 37 nafar noqonuniy faoliyat yuritayotgan shaxslar ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Tadbir davomida, ushbu jinoiy guruhdan bir nechta avtomashina, perforatorlar, kompressorlar va tarkibida oltin moddasi mavjud boʻlgan 400 qopga yaqin ruda va boshqa qoʻlbola yasama asbob-uskunalar ashyoviy dalillar sifatida olindi.
Noqonuniy faoliyat orqali davlat va jamiyat manfaatlariga jami 20 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlandi.
Hozirgi vaqtda Buxoro viloyati IIB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 196-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qolgan 2 ta holat bo‘yicha berilgan arizalarda korrupsiyaviy holatlar mavjud emasligi sababli murojaatchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda javob xatlari berilgan.
Yuqorida taʼkidlab oʻtilgan korrupsion va boshqa qonunbuzilish holatlarining kelib chiqish sabab va omillari tahlil qilinib, mavjud korrupsion xavf-xatarlarni minimallashtirish boʻyicha chora-tadbirlarning 2025-yil uchun moʻljallangan rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarni oʻrganish natijasida aniqlangan holatlarning salbiy oqibatlari, korxona va tashkilotlardagi mansabdor shaxslarning javobgarligi masalasini kuchaytirish mavzularida Inspeksiya boshligʻi rahbarligida tashkilotning shaxsiy tarkibi va hududiy boshqarmalari, kon texnika inspeksiyalari xodimlari ishtirokida bir necha marotaba profilaktik suhbat va seminar tadbirlari oʻtkazilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish
boʻyicha bosh mutaxassis J. Zikirov
2025-yil 30-dekabr
