“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida o‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risida
2025-12-16 16:15:00 / Yangiliklar
Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi obyektlarda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga qaratilgan seminarlar hamda targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur oylik tadbirlar davomida kon qutqaruvchilar tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi obyektlarda yong‘inlarning oldini olish, odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha ishchi-xizmatchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarda yong‘in xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilib, o‘t o‘chirish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.






