Sudlarda Inspeksiya manfaatlari ishonchli himoya qilinmoqda
2025-12-09 12:30:00 / Yangiliklar

Arizachi inspeksiya tomonidan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilgani haqida vajlar keltirgan bo‘lsa-da, inspeksiya vakili ularni rad etib, mazkur ma’lumotnomalar qonunchilikka muvofiq tuzilganini ma’lum qildi.
Xususan, Shimoliy-g‘arbiy hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan “ORIENT INTERTRADE CO” MChJga biriktirilgan “Ukan-2/23” uchastkasida ruxsatnoma shartlari masofaviy monitoring asosida o‘rganilib, 2018-yil 26-noyabrdagi PQ-4030-son qarorga muvofiq rasmiylashtirilgan ma’lumotnoma amaldagi talablarga to‘liq mos keladi.
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 49–51-moddalarida masofaviy nazorat tartibi, vakolatli organning elektron tizim orqali nazoratni amalga oshirishi, aniqlangan buzilishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi va zarur hollarda tekshiruv o‘tkazishi belgilangan. Inspeksiya faoliyatida ushbu tizim to‘liq joriy etilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.11.2024-yildagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-son Farmoni 1-ilovasi 39-bandida Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga yer qa’rini geologik o‘rganishda foydali qazilmalar hamda mineral xomashyoni qazib olish sohasida nazoratni amalga oshirish huquqi berilgan.
Ushbu qarorning 5-bandiga mivofiq tadbirkorlik subyektlari faoliyatida “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi natijalari asosida profilaktika tadbirlari va tekshiruvlari oʻtkazish tartibi belgilangan.
Bundan tashqari, “Yer qaʼri toʻgʻrisida”gi Qonunining 115-moddasida Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi yoki boshqa nazorat qiluvchi organ tomonidan Yer qaʼridan foydalanish markaziga taqdimnoma kiritilishi yer qaʼridan foydalanish sohasidagi faoliyatning asosiy turlariga doir ruxsatnomani muddatidan ilgari bekor qilish yuzasidan qonunchilikka muvofiq choralar koʻrish uchun asos boʻlib xizmat qiladi-deb belgilangan.
Biroq, mazkur ma’lumotnoma bo‘yicha vakolatli organ tomonidan doir ruxsatnomani muddatidan ilgari bekor qilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinmagan bu esa o‘z navbatida tuzilgan ma’lumotnoma huquqiy oqibat keltirib chiqarmasligidan dalolat beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, sud tomonidan "ORIENT INTERTRADE CO" MCHJning javobgar Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining 2025-yil 25-iyundagi ma’lumotnomalarini haqiqiy emas deb topish arizasini qanoatlantirishdan rad qilindi.
