Geologiya vazirligi tizimida “Aksilkorrupsiya oyligi” g‘oliblari taqdirlandi
2025-12-04 15:55:00 / Yangiliklar
Kuni kecha Geologiya vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilot va korxonalarda “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

- “Eng faol Komplayens xodimi” nominatsiyasida Inspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mutaxassisi Jamshid Zikirov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
- Inspeksiya esa “Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida eng samarali Komplayens tuzilmasi” nominatsiyasida 3-o‘ringa loyiq deb topildi.
Yaqinlashib kelayotgan Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni oldidan g‘oliblarni samimiy muborakbod etamiz! Ularning keyingi faoliyatida ham omad va yanada katta yutuqlar tilaymiz.







