“Maromiylik” loyihasi doirasida Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
2025-11-21 15:45:00 / Yangiliklar

Ushbu muammolarning oldini olish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash va “maromiylik” tamoyillariga asoslangan hayot tarzini qaror toptirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining topshirig‘iga muvofiq Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi (HKQQ) shtabi hamda uning hududiy bo‘linmalarida “maromiylik” tamoyillarini keng targ‘ib etish, to‘y va marosimlarni ixchamlashtirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash va ushbu jarayonlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan davra suhbatlari o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ortiqcha isrofning oldini olish, milliy qadriyatlarimizga asoslangan me’yoriy hayot tarzini qaror toptirish bo‘yicha tavsiya va tushuntirishlar ishtirokchilarga yetkazildi.



