Tozalik va ozodalik – sog‘lik garovi!
2025-11-11 12:30:00 / Yangiliklar

Oylik doirasida barcha mahallalar, ta’lim muassasalari, ko‘chalar va aholi turar joylari hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va tozalik ishlari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi shtabi hamda uning hududiy bo‘linmalari xodimlari tomonidan hasharlar tashkil etildi. Unda binolar va ularga tutash hududlar tozalanib, ariqlar va yo‘laklar ozodalikka keltirilmoqda, daraxtlar oqlanib, atrof muhit obodonlashtirilmoqda.
Bu ezgu tashabbus “Yashil makon” umummilliy loyihasi bilan hamohang ravishda amalga oshirilmoqda. Tozalik ishlari bilan bir qatorda ko‘chat ekish, yashil hududlarni ko‘paytirish va ekologik muhitni soflashtirish ishlari ham jadal davom etmoqda.
Tozalik, ozodalik va yashillik - inson salomatligi, yurtimiz go‘zalligi hamda barqaror kelajagimizning asosidir. Shu bois Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi barcha bo‘linmalarda bu ezgu ishlar hamjihatlik va yuksak mas’uliyat bilan amalga oshirilmoqda.









