
Xalqaro hamkorlik

Kattaqo‘rg‘onlik tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochilmoqda
🇺🇿Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida AQShning “UUEA” kompaniyasi vakillari ishtirokida mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda shahar hokimi Gavhar Alimova, shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, ishbilarmonlar hamda tegishli mas’ullar ishtirok etdilar.
🫥Uchrashuv davomida “UUEA” kompaniyasi vakillari o‘z faoliyati, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy bozorlarga chiqish va investitsiyalar jalb etish bo‘yicha taqdimot o‘tkazdilar.
Ayniqsa, shahardagi yog‘-moy mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, ichimlik suvi va suv xo‘jaligi sohasi vakillari, qishloq xo‘jaligi hamda agrobiznes yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun yangi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.

