Xorijda malaka oshirish dasturi
2026-06-02 21:20:00 / Yangiliklar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan texnikumlarda faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun xorijda malaka oshirish (stajirovka) dasturini taklif etadi.
Malaka oshirish tashkil etiladigan kasb hamda mutaxassisliklar:
Metallga qayta ishlov berish;
Quruvchi;
Bino qurilish mutaxassisi;
Mashina va qurilma operatorlari;
Elektrotexnika;
Avtomobil mexatronikasi texnigi;
Qishloq xo‘jaligi va qurilish mashinalari mexatronikasi;
Sanoat mexanigi;
Santexnika isitish va sovutish texnologiyasi;
Malaka oshirish dasturida ishtirok etishga nomzodlar uchun talablar:
malaka oshirish tashkil etiladigan kasb yoki mutaxassilikka mos yoʻnalishda dars berish;
kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yillik amaliy ish tajribaga ega bo‘lishi;
nomzodning kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha amaliy tajribasi, kasbiy mahorati, professional etikaga rioya etishi va mehnat faoliyati natijalarini baholovchi ikki nafar hamkasbdan yozma tavsiyanoma;
xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lishi hamda xorijga chiqish uchun ta’qiq mavjud emasligi.
Nomzodlarni saralash 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich anketa-so‘rovnoma orqali hujjatlar yig‘ish;
2-bosqich intervyu.
Dastur yakunida ishtirokchilardan kutilayotgan natijalar:
o‘zlashtirilgan bilim va tajriba bo‘yicha hisobot taqdim etadi;
hamkasblari uchun treninglar tashkil etadi (training of trainers).
kamida 3 yil davomida Kasbiy ta’lim agentligi tizimidagi texnikumlarda o‘z faoliyatini olib boradi.
Malaka oshirish dasturida ishtirok etish uchun nomzodlar 2026-yil 10-iyunga qadar quyidagi havolalar orqali anketa-so‘rovnomani to‘ldirishi lozim:
Mashina va qurilma operatorlari;
Avtomobil mexatronikasi texnigi;
Qishloq xo‘jaligi va qurilish mashinalari mexatronikasi;
Santexnika isitish va sovutish texnologiyasi;
