Kasbiy ta’limda O‘zbekiston–Xitoy hamkorligi mustahkamlanmoqda
2026-06-02 19:00:00 / Yangiliklar

Kasbiy ta’lim agentligi va Xitoyning Milliy rivojlanish va xalqaro hamkorlik markazi vakillari bilan kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv doirasida yashil sanoat, kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida tajriba almashish, kasbiy ta’lim tizimida qo‘shma dasturlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Ma’lumot uchun: Xitoy Xalq Respublikasida mazkur tashkilot tomonidan joriy yilning 25–29-aprel kunlari tashkil etilgan forumda Kasbiy ta’lim agentligi vakillari hamda 4 ta texnikum direktori ishtirok etgan.
Forum doirasida O‘zbekistonda Xitoy ustaxonalarini tashkil etish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.



